O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi tomonidan #xotirakuniadliya xeshtegi bilan fleshmobga start berildi

2018-04-24 | Jamiyat

Mazkur xeshteg bilan vazirlik xodimlari urush yillariga bag‘ishlangan turli video va rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni rejalashtirishgan. 

Bu sa’y-harakatlar ajdodlarimizning bukilmas irodasi va qahramonlik harakatlari, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari xotirasiga hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga ehtirom ko‘rsatish, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi: 

“Harbiy yillar haqida eng yaxshi hikoya” (bobo-buvilarning hikoyalari, urush hayoti hikoyalari, adliya veteranlarning o‘z ishlari haqida hikoyalar, mustaqil O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining hikoyalari va h.k.). Bunda hajm emas ijodkorlik va qiziqarli bayon etish ma’qullanadi;

“Xotira va qadrlash kuni uchun eng yaxshi tabrik” (tabrik she’riy, nasriy, videorolik ko‘rinishida, tabrik matnlarini o‘qish, qo‘shiq kuylash shaklida bo‘lishi mumkin). 

Ijodiy ishlar Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasiga joylashtirish mumkin. 

Eng ko‘p layk to‘plagan postlar uchun Adliya vazirligining maxsus sovg‘asi tayyorlangan. 

Adliya vazirligi tashabbusi bilan boshlangan aksiyani vazirlik xodimlari boshlab berdi. Ular joylarda urush guvohlarining uylariga borib, ular holidan xabar olishdi. Turli masalalarda huquqiy maslahatlar berildi. 

Поделиться