O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksport imkoniyatini kengaytirgan tadbirkor yutqazmaydi

2018-04-23 | Jamiyat

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda eksport ko‘lamini kengaytirish va import hajmini qisqartirishga alohida e’tibor qaratilib, bu iqtisodiy sohadagi eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Andijon viloyatida eksportga aloqador tashkilotlar vakillari va eksportyor korxonalarning rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar-yig‘ilish ayni shu masalaga bag‘ishlandi. Mazkur seminar yig‘ilishda Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi nomidan “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” vakillari xam ishtirok etdi.

O‘tkazilgan seminarda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgarishlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan ma’lumotlarni taqdim etdilar. Olib borilgan tahlilil natijalariga ko‘ra, ayrim yo‘nalishlarda o‘sishga erishilmayotgani haqida yig‘ilganlar ma’lumot berildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda eksport hajmini oshirish borasida tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi va tegishli muassalar oldiga yangi loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tushunchalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Поделиться