O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
1238 nafar shaxsga nisbatan 347,9 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi
2018-04-23 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan "ishonch telefon"lari hamda elektron xizmatlar orqali fuqarolar, barcha toifadagi soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlaridan bo‘layotgan murojaatlar, xat va arizalar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda.
Xususan, o‘tgan hafta davomida "ishonch telefon"lari orqali 126 ta, shundan 7 ta yuridik va 119 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.
Huquqbuzarlik uchun javob berish kerak
Fuqarolar va jamoatchilikning murojaatlari yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1477 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 239 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1238 nafar shaxsga nisbatan 347,9 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Shu jumladan:
- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 5 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 0,9 million so‘m,
shundan:
a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha 2 nafar shaxsga nisbatan 0,3 million so‘m;
b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;
v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;
g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m ma’muriy jarimalar;
- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 57 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 49,1 million so‘m;
- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 215 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 37 million so‘m;
- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 207 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 35,6 million so‘m;
- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 175 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 31 million so‘m;
- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 1 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 0,9 million so‘m;
- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 366 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 63 million so‘m;
- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 18 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 31 million so‘m;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 194 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 100 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.