O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dolzarb vazifalar muhokama qilindi

2018-04-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida joriyning yil 21-aprel kuni navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hay’at yig‘ilishida asosiy masala sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13-aprel kuni Sirdaryo viloyati faollari bilan uchrashuvda ta’lim muassasalari xodimlarini obodonlashtirish va turli boshqa jamoat ishlariga majburan jalb etilayotganini keskin tanqid qilib bildirgan fikrlari hamda ushbu masalada 17-aprel kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida o‘tkazilgan majlisda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ydi. Ayniqsa, yosh avlod kamoloti va ta’lim-tarbiyasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda.

Biroq joylarda o‘qituvchilarni qishloq xo‘jaligi, obodonlashtirish va boshqa jamoat ishlariga majburiy jalb etish holatlari kuzatilayotgani ta’lim-tarbiya sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yig‘ilishda ushbu holat Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahridagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tashqi monitoring natijalari misolida tanqidiy tahlil qilinib, o‘qituvchilarning jamoat ishlariga jalb etilishi davlat ta’lim standartlarining to‘laqonli bajarilishiga jiddiy to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.

Soha xodimlarini jamoat ishlariga majburiy jalb etishga chek qo‘yish, bu borada barcha rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Hay’at yig‘ilishi qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida o‘qituvchilarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash hamda majburiy mehnatga jalb etishga qarshi kurashish bo‘yicha tarmoq komissiyalari tashkil etildi.

Mazkur tarmoq komissiyalariga:

  • joylarda o‘qituvchilardan o‘z vazifalariga kirmaydigan ishlarni bajarishni talab qilish, ularning kafolatlangan mehnat huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaslik ustidan doimiy monitoring yuritish;
  • ta’lim muassasalari xodimlarining mehnat munosabatlari bo‘yicha huquqiy madaniyatini oshirish va ularda majburiy mehnatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish;
  • xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarda majburiy mehnatga jalb etishning har qanday ko‘rinishi sodir etilganligi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish va tahlil etish;
  • majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ta’minlash;
  • ushbu yo‘nalishda ommaviy axborot vositalari va tarmoq kasaba uyushmalari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar yuklatildi.

Hay’at yig‘ilishida o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash, bu borada pedagoglarga tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularga metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini va mahorat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari xalq ta’limi tizimidagi barcha darajali rahbarlarning eng asosiy vazifasi sifatida belgilab olindi.

Поделиться