O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDXAI delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-04-21 | Siyosat
2018-yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Moskva davlat xalqaro aloqalar institutining (universitet) prorektori Artyom Malgin boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv jarayonida ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston TIVning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va MDXAI(U) o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy masalalar muammolarining e’tibor markazidan joy oldi.