O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-04-19 | Siyosat

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Axmet Avshar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2017-yilning 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuksak darajaga olib chiqdi. Hozirgi kunda Turkiya bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasida savdo, sanoat, investitsiya, transport, turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalarda istiqbolli dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Uchrashuvda D.Nazarmuhamedov ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan tub islohotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tizimga joriy etilishi yuzasidan delegatsiya a’zolariga ma’lumot berdi. 

Axmet Avshar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirishga oid qaror xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy qardoshlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘lganini qayd etdi. Bu hujjat tadbirkorlik va sayyohlik maqsadida O‘zbekistonga kelishni istagan turkiyaliklarni juda quvontirdi. 

Uchrashuvda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha Turkiya ichki ishlar vazirligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir fikr-mulohazalar bildirildi. 

Tashrifning ikkinchi kunida tomonlar o‘rtasida sohada o‘zaro hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar loyihasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish tizimining ta’lim sohasidagi hamda xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik mexanizmini yaratishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. 

 
Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться