O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avstriyaning “Society” jurnali bosh muharriri va ta’sischisi Gertrud Tauhammerning Xorazm viloyatiga tashrifi to’g’risida

2018-04-18 | Turizm

Joriy yil 12 aprel kuni ertalab Avstriyaning “Society” jurnali bosh muharriri va ta’sischisi Gertrud Tauhammer Toshkent-Urganch aviareysi orqali qadimiy Xorazm viloyatiga tashrif  buyurdi.

Mehmon “Urganch” Xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar zalida yuqori saviyada kutib olindi.

Shundan so’ng, mehmon ochiq osmon ostidagi muzey-shahar "Ichan qal’a" davlat muzey qo’riqxonasi tomon yo’l oldi.

Mehmonuchun gid-tarjimon hamkorligida ekskursiya tashkil etilib, eksrursiya davomida mehmon muzey qo’riqxonadagi tarixiy obidalarni suratga olish ishlarini ham olib bordi. Gertrud TauhammerXiva shahridagi bir-biridan maftunkor tarixiy obidalar, boy tarix dunyoning barcha burchaklaridan yanada ko’proq sayyohlarni chorlashini ishonch bilan ta’kidladi.

Bundan tashqari mehmon tushlik va kechki ovqat paytida Xorazmning shirin milliy taomlaridan, folklor jamoalari chiqishlaridan bahramand bo’lganidan so’ng gastronomik turizmni yanada rivojlantirish uchun Xorazm viloyatida barcha imkoniyatlar mavjudligi va uyga qaytishi bilan O’zbekiston haqida tayyorlanadigan maqolada bunga alohida e’tibor qaratishini aytib o’tdi.

Tashrif davomida Gertrud Tauhammer Xiva shahrida viloyatdagi turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashdi. Davra suhbatida turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, Avstriya turistik operatorlari bilan bevosita aloqalarni yo’lga qo’yish va ular uchun axborot turlarini tashkil etish kabi masalar muhokama etildi. Viloyat turistik tashkilotlari Gertrud Tauhammer orqali Avstriyalik hamkasblarini va ommaviy axborot vositalari vakillarini Xorazm viloyatiga taklif qilishdi.

 Ertasi kuni ertalab mehmon ijobiy taassurotlar ila Toshkent shahriga jo’nab ketdi.

Поделиться