O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nafosat festivali chorlaydi

2018-04-17 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida joriy yilning 17-21 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Tasviriy va amaliy san’at festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Badiiy akademiya tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan Tasviriy va amaliy san’at festivali Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlanadi. 

Tasviriy va amaliy san’at festivalihaftaligi Badiiy akademiyaMarkaziy ko‘rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida hamda respublikamiz hududlari bo‘ylab o‘tkaziladi. 

San’at bayramining yuqori tashkiliy va ijodiy saviyada, bayramona ruhdao‘tishiga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

– Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-avgust kuni yurtimiz ijodkor ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bu yilgi Tasviriy va amaliy san’at festivalida ham o‘zining yaqqol ifodasini topadi, – deydi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov. – Bu jihatlar yoshlarni har tomonlamaqo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini keng jamoatchilikka namoyish etish, tanishtirish, tasviriy san’atga mehri baland o‘g‘il-qizlarni yanada ko‘proq ilhomlantirish, ularni yangi-yangi ijodiy marralar sari ruhlantirishga ko‘maklashadi.Shu bilan birga, festival doirasidagi barcha tadbirlar yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratishni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir. 

Tasviriy va amaliy san’at festivali ishtirokchilari soni yil sayin ortib borayotir. Bu yil Eron, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Hindiston, Qatar, Rossiya, Isroil, Yaponiya kabi davlatlardan 20 nafardan ziyod ijodkor o‘z ishlari bilan ishtirok etadi. 

Bir hafta davomida rang-barang ko‘rgazmalar, taqdimotlar, mahorat saboqlari, anjumanlar, davra suhbatlari, rassomlar ijodiga oid filmlar namoyishi, iqtidorli yoshlar ishtirokidagi konsertlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться