O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taekvondochilarimizning ulkan g‘alabalari

2018-04-13 | Sport

Tunisda taekvondo (WTF) bo‘yicha Argentinada o‘tkaziladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasi va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida yakunlandi.

Mazkur musobaqalarda murabbiylar Sobir Nazaraliyev va Jasur Boyqo‘ziyev boshchiligida terma jamoaning 15 nafar a’zosi ham Vatanimiz sharafini himoya qildi.

III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasida 48 kilogrammgacha vazn toifasida qatnashgan Ulug‘bek Rashidov Malayziya, Bahrayn, Belorus, Tunis, Janubiy Koreya va Rossiya sharafini himoya qilgan sportchilarni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal va Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda 45 kilogrammgacha vazn toifasida Amirbek To‘rayev kumush, vazni 51 kilogramm bo‘lgan Ulug‘bek Rashidov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda 52 kilogrammda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Ozoda Sobirjonova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasi doirasida O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi bosh kotibi Abbos Latipov Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chung Von Chou bilan uchrashdi.

Unda Xalqaro tashkilot prezidenti hamyurtlarimizni qo‘lga kiritilgan yo‘llanma bilan tabrikladi. Ayniqsa, finalda ajoyib jang ko‘rsatgan Ulug‘bek Rashidovdan kelgusida ajoyib sportchi yetishishiga va ulkan g‘alabalarini qo‘lga kiritishini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonga chet eldan mutaxassis jalb etilishi haqida kelishib olindi. Chung Van Chou sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda omad tilab qoldi.

Tunisda o‘tkazilgan bahslar o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi bitta oltin medal, jahon chempionatidan esa 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘smirlarimiz 15 aprel kuni soat 00-40 da Toshkentga qaytishadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться