O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev yo‘llarni sifatli qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

2018-04-13 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining Toshkent ko‘chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu ko‘cha zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, qatnovlar o‘rtasida xavfsizlik to‘siqlari, energiyatejamkor yoritgichlar o‘rnatilgan. Ikki yonda yashil hudud barpo etilib, gullar va manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosipedlar uchun yo‘laklar tashkil qilingan.

Prezident qurilish sifati va transportlar harakatiga qulayliklarni oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. “Yo‘l qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yo‘llarimizning sifati yo‘q, desak adolatdan bo‘ladi. Bu sohada qurilish hajmi, yo‘l uzunligi ortidan quvmay, avvalo sifatga e’tibor berish kerak. Bir kilometr bo‘lsayam, sifatli quringlar.

O‘nlab yillar xalqimizga xizmat qilsin, odamlar rozi bo‘lsin” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlatiladigan zamonaviy texnikalarni ham ko‘zdan kechirdi.

.

Поделиться