O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Biatlon bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi boshlandi
2018-04-13 | Sport
Chirchiq shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomli sport majmuasida yozgi biatlon bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazilmoqda.
Musobaqada 100 nafarga yaqin yoshlar g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashmoqda. Mamlakat birinchiligining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi sprint poygalarida farg‘onalik Muzaffar Mamasoliyev birinchi, surxondaryolik Vitaliy Slastyon ikkinchi, samarqandlik Bunyod Muhiddinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasidagi sprint bahsida samarqandlik Madina Sagatova, Sevara Choriyeva, Toshkent viloyatidan Zuhra Halimova shohsupaga ko‘tarildi.
Bugun ta’qib poygalari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA