O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birinchi chorakda 9,6 million dollarlik eksport amalga oshirildi

2018-04-13 | Iqtisodiyot

Xalqaro press klubning bu galgi tadbiri O‘zbek ipakchiligida yangi islohotlar davri boshlangani, erishilayotgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlandi.

Xalqaro press klubning bu galgi tadbiri O‘zbek ipakchiligida yangi islohotlar davri boshlangani, erishilayotgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlandi.

Unda qayd etilishicha, yurtimizda bu yil uch marta ipak qurti parvarishlash belgilangan bo‘lib, ayni paytda bahorgi pilla mavsumi boshlandi. Ikkinchisi may, uchinchisi esa avgust oylariga mo‘ljallanmoqda.

Bahorgi mavsumda respublikamiz bo‘yicha jami 330 ming quti ipak qurti parvarishlanib, 18 ming tonna pilla olish rejalashtirilgan.

Ana shunday ulkan xirmon yaratish uchun eng avvalo ozuqa bazasini mustahkamlash choralari ko‘rildi. Xususan, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan ipak qurti ozuqasini rivojlantirish va tutzorlar tashkil etish maqsadda xatlov o‘tkazilib, 43,9 million dona yakka tut daraxtlari va tutzorlar maydoni 43,4 ming gektar ekani aniqlandi. 2017 yilning kuzi va 2018 yilning bahorida 30 million tup tut ko‘chati ekildi. Shundan 13,3 million tupi Xitoydan keltirilgan bo‘lib, ular intensiv usulda yetishtiriladi.

Albatta, tizimda pillani qayt ishlash korxonalari ham faol ishtirok etmoqda. 2018 yilning birinchi choragida ular tomonidan 165 milliard so‘mlik sanoat, 19,7 milliard so‘mlik xalq iste’moli mollari, 683,3 tonna tabiiy ipak, 1034 ming.p.metr ipakli gazlama ishlab chiqarildi.

2017 yilda eksport hajmi 37,6 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, 9,6 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Erishilayotgan natijalar ekspertlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Press klubda ishtirok etayotgan Italiyadagi “Ongetta” kompaniyasi Prezidenti A.Onjetta yig‘ilganlarga o‘z taassurotlarini bayon etdi:

- Biz Yevropa-O‘zbekiston biznes forumi doirasida Buxoro va Samarqand viloyatidagi bir qator korxonalarda bo‘ldik,-deydi u.- Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kumush tola” xususiy korxonasida bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Korxona kichik bo‘lsada, ish jarayoni, marketing va menejment tizimi xalqaro talablarga javob beradi. Quritish, uskunasida tortib, ipakni qayta o‘rash uskunasiga qadar hammasi ketma-ketlikda qulay joylashgan ekan. Ular o‘tgan yili 289 tonna ho‘l pilla qabul qilgan ekan. Bu yil esa 312 tonna uchun joy hozirlab qo‘yilgan ekan. Albatta, bu oilaviy korxona uchun juda yaxshi natija. Tarixiy joylarda ham bo‘ldik. Yurtingizning qadimiy va zamonaviy usullar uyg‘unlashgan binolaridan hayratga tushdik. Kelgusida albatta, “Kumush tola” korxonasi bilan hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.

Xalqaro press klub o‘z ishini davom ettirmoqda. 

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться