O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sudyalar oliy kengashi nomzodlarga xulosa berdi

2018-04-13 | Jamiyat

Sudyalar oliy kengashi xulosasi bilan 4 nafar nomzod sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga munosib, deb topildi. 

So‘nggi yillarda sud-huquq sohasidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Mazkur islohotlar natijasida yuqori malakali va samarali faoliyat yurituvchi sud korpusini shakllantirish maqsadida sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash)ning muddatsiz davrga lavozimda bo‘lishni nazarda tutuvchi yangi tartib kiritildi. 

2017 yil 12 aprelda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida sudyalik lavozimining muddatsiz davri belgilandi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan katta hayotiy va ish tajribasiga ega, jamiyatda yuksak obro‘-e’tibor qozongan bilimli sudyalar orasidan bir nechta mana shunday mas’uliyatli lavozimga munosib topilmoqda. 

Sudyalar oliy kengashi ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘basi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 9 aprel kuni Sudyalar oliy kengashida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, Kengash xulosasi bilan 4 nafar nomzodlar, xususan Bazarbayeva Gulnara Jumanazarovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudining sudyasi lavozimida, Tuxtayev Muxiddin Axmedovich jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi lavozimida, Shukurov Farxod Bakiyevich Toshkent shahar M.Ulug‘bek tuman ma’muriy sudining raisi lavozimida, Umarov Saidaxror Askarovich jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga munosib deb topildilar. 

Shu bilan birga, Kengash xulosasi asosida 12 nafar nomzod sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatga munosib deb topilgan bo‘lsa, 2 nafar nomzod sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildilar. 

 

Sanjar Dusanov

Поделиться