O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro firma vakillari bilan uchrashuv

2018-04-13 | Jamiyat

Toshkent davlat yuridik universitetida «Sidley Austin» xalqaro yuridik firmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro arbitrajlar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil guruhi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda huquqshunos-olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Xalqaro arbitrajning umumiy masalalari, ushbu sohadagi qonunchilikni isloh qilish va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi kabi mavzularda fikr yuritildi. 

– «Sidley Austin» xalqaro yuridik firmasi xalqaro tijorat arbitraji hamda investitsion arbitrajda faol qatnashib kelayotgan yuridik firmadir, – deydi TDYuU xalqaro ommaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Ahadjon Hakimov. – Ular bilan talabalarning uchrashuvi foydali bo‘ldi. Mamlakatimizga investitsiya oqimining ko‘payishi va savdo-sotiq rivojlanishi chet ellik tadbirkorlar yoki investorlar bilan nizolar kelib chiqishi mumkinligini ham anglatadi. Bilamizki, hozirgi kunda xalqaro investitsion, tijorat nizolari vujudga kelganda O‘zbekiston tomonidan qatnashadigan milliy yuristlarimiz kam. Aynan bugungidek uchrashuvlarda talabalarimizning xalqaro arbitrajlarga nisbatan qiziqishi yanada ortadi. Bu ular kelgusida Vatanimiz milliy manfaatini himoya qiladigan huquqshunoslar bo‘lishiga ko‘maklashadi. 

 

Mohigul Qosimova, O‘zA 

Поделиться