O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining Namangandagi uchrashuvi to‘g‘risida
2018-04-12 | Siyosat
2018-yilning 11-aprel kuni Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Uchrashuv doirasida 2017-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomaga kiritilmagan uchastkalar bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.
Uchrashuv ahil qo‘shnichilik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.