O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ulug‘bek Rashidov jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi
2018-04-11 | Sport
Tunisning Hammamet shahrida taekvondo WTF bo‘yicha o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari yakunlandi.
Unda 51 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Ulug‘bek Rashidov bronza medalni qo‘lga kiritdi.
U chempionatda braziliyalik Gabriel Alves (25:5), malayziyalik Imon Firdavs Nasriddin (25:7), nimchorak finalda gretsiyalik Dikaios Michalakakos (25:13), chorak finalda esa rossiyalik Anatoliy Iarinni (18:8) mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
Afsuski, final uchun o‘tgan kurashda eronlik Amir Valipurga kichik – 11:17 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, chempionatning birinchi kunida vazni 45 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Amirbek To‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA