O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh shaxmatchilar musobaqasi

2018-04-11 | Sport

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, ulardagi sportga bo‘lgan ishtiyoqni rag‘batlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun zarur sharoitlarni yaratish va iqtidorli o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikadagi 9628 ta maktabda “Umid nihollari” sport musobaqalari dasturiga kiritilgan 10 sport turidan (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, gimnastika, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, kurash) qariyb 70 mingga yaqin darsdan tashqari sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga 1 mln. nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olingan.

Birgina sportning shaxmat turidan umumta’lim maktablarida 1114 ta sport seksiyalari tashkil etilib, ularda 11 140 nafar o‘quvchilar shaxmat bilan muntazam shug‘ullanmoqdalar. Qolaversa, maktab o‘quvchilari ishtirokida yil davomida sport musobaqalari, turnirlar o‘tkazish an’anasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu sportsevar yoshlarga o‘z iste’dodini namoyon qilish imkonini bermoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlar natijasini bermoqda, o‘zbekistonlik o‘quvchilar turli nufuzli xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilmoqda.

2018-yilning 10-18-aprel kunlari Toshkent shahridagi Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turidan navbatdagi respublika chempionati o‘tkazilmoqda.

Xalq ta’limi vaziriligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur chempionatda 7-17 yoshdagi o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Ular shaxmatning blits, rapid, standart yo‘nalishlari bo‘yicha kuch bellashmoqdalar.

Chempionat to‘rt bosqichda tashkil etilib, birinchi - maktab bosqichida 881 mingdan ziyod, ikkinchi - tuman (shahar) bosqichida 94 mingdan ziyod hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bocchqichlarida 2 mingdan ziyod, jami 1 mln. nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Musobaqaning respublika bosqichida maktab, tuman va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda 2017-yilda Jahon va Osiyo chempionati g‘oliblari bo‘lgan 215 nafar o‘quvchilarimiz o‘zaro bellashish uchun tashrif buyurganlar.

E’tiborlisi, 2017-yilda ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Xitoyning Panzin shahrida bo‘lib o‘tgan XIII Osiyo chempionatida jami 18 ta medalni qo‘lga kiritib, 23 ta davlat vakillari o‘rtasida umumjamoa hisobida sharafli 2-o‘rinni egallab qaytgan edilar. Bu yilgi chempionat g‘oliblari 2018-yilning iyul oyida Shri-Lankada bo‘lib o‘tadigan XIV Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Поделиться