O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bemor bolalar Germaniyada davolanadi

2018-04-11 | Sog‘liqni saqlash

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining tibbiy-ijtimoiy markazida Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti mutaxassislari tomonidan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Loyiha kam ta’minlangan oilalardagi tayanch-harakat tizimining tug‘ma irsiy kasalliklari va jarohatlar natijasidagi asoratlari, peshob yo‘li (ekstrofiya, gipospadiya) va ovqat hazm qilish tizimining tug‘ma nuqsonlari bilan operatsiyaga muhtoj, kuyish asoratlari oqibatida jismoniy harakatlanish va funksiya buzilishiga olib keluvchi ko‘plab chandiqli kontrakturalar va ularning asoratlari bo‘lgan bemor bolalar salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan maxsus sog‘lomlashtirish dasturi doirasida amalga oshirildi. 

Chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va poytaxtlik bolalarga kerakli tashxis qo‘yilib, ota-onalariga shifokorlar tavsiya va maslahatlari berildi. 

Mazkur loyiha 8-9 aprel kunlari Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham amalga oshirilgan edi.

11-12 aprel kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, 13 aprelda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi bemor bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Eng og‘ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalariga davolanish uchun yuboriladi. 
 

Mohigul Qosimova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Поделиться