O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaatlar asosida yangi qaror loyihasi ishlab chiqildi

2018-04-11 | Jamiyat

Sifatli mahsulot tanovul qilsangiz, dilingiz yayraydi. Ammo buning aksi bo‘lsa-chi? Tobingiz qochib, pulingizni sog‘lig‘ingizni tiklashga sarflaysiz. Masalan, sut mahsulotlaridan bo‘lgan smetanaga bir tomchi yod qo‘shilganda rangi o‘zgarmasa, iste’molga yaroqli. Agar rangi o‘zgarca, sog‘liq uchun zararli. 

Xo‘sh, bugungi kunda mamlakatimizga chetdan olib kelinayotgan iste’mol mahsulotlari sifati yetarli darajada nazorat qilinyaptimi? O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari salomatlikka ne chog‘li foydali? Ular talabga javob beradimi? Iste’mol tovarlari bo‘yicha yangi me’yoriy hujjatlar qabul qilinganmi? 

"O‘zstandart" agentligida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida aynan shunday dolzarb masalalar haqida so‘z yuritildi. 

Agentlik bosh direktori A.Karimov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ishlab chiqarish va iste’mol tovarlari turining oshishiga olib kelayotgani, bu jarayon esa iste’molchilar huquqini himoya qilish, mahsulotlar sifati hamda ularni tahlil qilish nazoratini kuchaytirish talabini qo‘yayotganini ta’kidladi. 

"O‘zstandart" agentligi O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni certifikatlashtirish to‘g‘risida», “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonunlari ijrosiga alohida e’tibor qaratadi. Bunda aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida amaldagi hujjatlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoyalash, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash muhim masaladir. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, keyingi paytda chetdan olib kelinayotgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari orasida sifati talabga javob bermaydigan mahsulotlar ham uchrab turibdi. Tahlillarga ko‘ra, iste’molchilar xarid qilgan ayrim sut mahsulotlarining sifatsiz, salomatlik uchun zararli bo‘lgan «Lift gel activateur» deb nomlangan yuz geli tarkibidagi N-nitrozodietilamin (NDELA) moddasi xatarli o‘smalar paydo bo‘lishiga olib kelishi aniqlangan. 

– Ichki bozordagi bunday holatlar natijasida agentligimizga jismoniy va yuridik shaxslardan 132 ta murojaat kelib tushdi, – deydi boshqarma boshlig‘i J.Meliboyev. – Ularda ayrim mahsulotlar sifatsiz va qalbaki bo‘lib, iste’molchilar o‘z huquqlari poymol qilinayotganini bayon etgan. Albatta, bunday holatlar bo‘yicha agentligimiz mahsulotlardan namunalar olib, tahlil qilmoqda va tegishli chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Jumladan, iste’molchilarni har tomonlama himoya qilish maqsadida «Savdo obyektlarida sotilayotgan tovarlar sifati va xavfsizligi monitoringini amalga oshirish va nuqsonli bo‘lgan tovarlar to‘g‘risida hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etdik. Bu loyiha ma’qullansa, ichki bozordagi mahsulotlar sifatini to‘liq o‘rganish va inson salomatligiga zararli bo‘lgan iste’mol tovarlar sotuvining oldini olishda jamoatchilik nazoratini jalb etishga erishiladi. 

Tadbirda ishtirokchilar mavzu doirasidagi savollarga mutaxassislardan javob oldi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться