O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qishloqning obod bo‘lishi uchun fuqarolar ham hissa qo‘shishi kerak
2018-04-10 | Jamiyat
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi tomonidan Nurobod tumani Jom qishlog‘ida seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar va tumanlar kengashlari, Nurobod tumanidagi mahallalar raislari va xodimlaridan iborat ishchi guruhlari aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolar bilan tomorqadan unumli foydalanish, davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi faoliyati, qishloqlarni obod qilishda fuqarolar ham o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi va boshqa masalalarda muloqot qildi.
Seminar-yig‘ilish doirasida Jom qishlog‘idagi kasb-hunar kollejida Jom va Girdiqo‘rg‘on mahallalaridagi ishsiz fukarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyatdagi tashkilot va korxonalar tomonidan 300 dan ziyod ish o‘rni taklif qilindi. Mehnat yarmarkasi davomida 50 dan ortiq mehnat shartnomalari imzolandi.
Seminar yakunida muloqotlar davomida aniqlangan muammolarni hal etish masalalari muhokama etildi.