O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2018-04-10 | Jamiyat
Poytaxtimizda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengashning Rayosat a’zolari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kengashlari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov so‘zga chiqqan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi lavozimida ishlab kelgan Bahodir Yusupov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan kengash raisi vazifasini bajaruvchi etib avval O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Aktam Xayitov saylandi.