O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar himoyasi yo‘lida hamkorlik

2018-04-10 | Jamiyat

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini tashkil etish, giyohvandlikka qashi targ‘ibot ishlarini olib borishda vazirlik davlat idoralari, jamoat tashkilotlari bilan birga, halqaro tashkilotlar bilan ham o‘zaro hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shunday muavafaqqiyatli olib borilayotgan loyihalardan biri “Mustahkam oila ” loyihasi bo‘lib, u 10-14 yoshli bolalar va ularning ota-onalariga mo‘ljalangan bo‘lib, o‘smirlar hayotida sodir bo‘ladigan muammoli vaziyatlarning oldini olish, o‘quvchilarda kashandalik, giyohvandlik kabi illatlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida ularga yordam berishga mo‘ljallangan.

2018-yilning 9-11 aprel kunlari Toshkent shahrida UNODC bilan hamkorlikda oila va maktabda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida zararli odatlar, jinoyatchilik va hulq og‘ishini psixologik korreksiya va profilaktika qilishga qaratilgan uch kunlik o‘quv seminari tashkil etilmoqda.

O‘quv-seminarlarda UNODC bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Mustahkam oila” loyihasi trenerlari bo‘lgan Toshkent shahridagi maktablarning amaliyotchi psixologlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari ishtirok etadi. Unda ishtirokchilarga yoshlar bilan ishlashni kompleks tashkil qilish, o‘quvchilar va ularning oilalari bilan muloqotda zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.

Поделиться