O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sadriddinning navbatdagi oltini
2018-04-09 | Sport
Marokashda karate bo‘yicha o‘tkalizgan “Premier League” musobaqasida sportchilarimiz bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Rabot shahridа o‘tgan ushbu musobaqada karatechilarimizdan Sadriddin Saymatov va Dostonbek Otabolayevlar finalga chiqdi.
60 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov so‘nggi final uchrashuvida turkiyalik Aykut Kayaga qarshi bahslashib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan Dostonbek Otabolayev esa finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib, yakunda kumush medal sohibiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA