O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar ittifoqi a’zoligiga 50 mingga yaqin harbiy qo‘shildi

2018-04-09 | Jamiyat

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat olib borayotgan ofitserlar uchun o‘quv-seminarlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda yoshlarga oid davlat siyosati, Qurolli Kuchlar tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatining maqsad-vazifalari, bu borada xorij tajribasi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mavzularida ochiq muloqotlar tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining o‘zaro hamkorlikdagi qo‘shma qarori va mazkur tashkilotlar bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 6 ta ikkitomonlama qo‘shma qarorlari tasdiqlandi. 

– Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va hududiy Kengashlari apparatlarida Harbiy qismlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limlar tashkil etildi, – deydi ittifoqning Harbiy qismlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limi bosh mutaxassisi Gulchehra Ashurova. — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi tizimlarida 241 ta boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Hamkor tashkilotlar bilan imzolangan ikki tomonlama qo‘shma qarorlarga asosan, Ittifoqning harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlarining nizomi va tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi. Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, madaniy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot yo‘nalishi sardori, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish sardori, harbiy-vatanparvarlik va ommaviy sport yo‘nalishi sardori, ustoz-shogird yo‘nalishi sardoridan iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishlarga bugungi kunga qadar 900 nafar sardorlar saylandi. 

Yoshlar tashkiloti tarixchiligidagi ilk jarayon bo‘layotganligi bois, ushbu o‘quv-seminarda harbiy ofitserlar uchun yoshlar bilan ishlashning eng zamonaviy metodlari o‘rgatilmoqda. 

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasida ish boshlagan Boshlang‘ich tashkilotlar orqali Ittifoq qariyb 30 yoshgacha bo‘lgan 50 mingga yaqin yoshlarni birlashtirishni maqsad qilgan. 

Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar 5 guruhga bo‘linib, faoliyatni sifatli va samarali olib borish uchun muhim bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalarni egallashni boshladi. Master-klasslar qiziq, harbiylar faollikni qo‘ldan boy bermadi. 

Tushdan so‘ng esa tanishuv va tashkilotlararo o‘zaro ittifoqlashuv kechasi tashkil etildi. 

Mudofaa vazirligi Yetakchilar Kengashi raisi tizimda haftaning har dushanbasi “Yoshlar ittifoqi kuni” deb rasman e’lon qilinganini ma’lum qilganda harbiylar yana bir bor Yoshlar ittifoqining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi soat sayin oshib borayotganini teranroq anglashdi. 

Seminar o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda. 

 

Inobat Ahatova, O‘zA

Поделиться