O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha muloqot

2018-04-06 | Jamiyat

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida 5 aprel kuni AQSh Davlat kotibining inson huquqlari, demokratiya va mehnat masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Rendi Berri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida markaz direktori Akmal Saidov delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat boshqaruvi va jamiyatni isloh qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani, sud-huquq tizimi, qonun ijodkorligini ta’minlashning milliy va xalqaro standartlari hayotga faol joriy etilayotgani ushbu yo‘nalishda ham yuksak samaralar berayotgani qayd etildi. 

O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini to‘liq bajarib kelmoqda. Mamlakatimiz BMTning tegishli organlari, ixtisoslashgan tuzilmalari bilan faol hamkorlik qilmoqda. 2017 yilda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn, din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid mamlakatimizga tashrif buyurdi. “Human Rights Watch” xalqaro nodavlat tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik, YeXHT ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etishning ochiq va oshkoralik tamoyillariga tayangan holda, xalqaro tajriba asosida olib borilayotganiga yorqin misoldir. 

Uchrashuvda davlat boshqaruvini demokratlashtirish, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

Mehmonlarga mamlakatimizda turli millat va din vakillarining huquq va erkinliklarini mustahkamlash, qonun ijrosi va davlat boshqaruvi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida so‘zlab berildi. 

Uchrashuvda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, boshqaruvning barcha sohalarida demokratik tamoyillarni tatbiq etish, inson huquqlarini himoya qilish va uning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida bo‘lib o‘tgan muloqotda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar, inson huquqlarini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning o‘rni kabi masalalar xususida so‘z yuritildi. 

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov, Bosh prokuratura xalqaro huquqiy boshqarmasi boshlig‘i U.Ne’matjonov va boshqalar Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangani mamlakatimizda fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Rendi Berri O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha jabhalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. Amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish asnosida o‘zaro tajriba almashishning yo‘lga qo‘yilishi har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini ta’kidladi. 

Muloqot davomida sud hokimiyatining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi roli, sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA

Поделиться