O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi nashrlarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi

2018-04-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi nashrlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Uyushma muassisligida nashr etiladigan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Sharq yulduzi” – “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik”, “Amudaryo” jurnallari tahririyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. 
 
Bunda ushbu nashrlarni qog‘oz bilan ta’minlash, bosmaxona xarajatlarini qoplash va ularning obunasiga ko‘maklashish uchun “Ijod” jamoat fondiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish nazarda tutilgan.
 
Mamlakatimizdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jalik birlashmalari, kompaniyalar va banklar bilan madaniyat va san’at tashkilotlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan 
 
“Do‘stlar klublari” faoliyatining ijobiy samara berayotganini inobatga olgan holda:
 
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi va “AKFA” MChJ;
 
“Sharq yulduzi”–“Zvezda Vostoka” jurnallari va “IMZO” MChJ;
 
“Jahon adabiyoti” jurnali va “Delta-Qurmah” MChJ;
 
“Yoshlik” jurnaliva “Universal Pasking Masters” MChJ;
 
“Amudaryo” jurnali va “O‘zqurilishmateriallari” AJ o‘rtasida “Do‘stlar klublari”ni tuzish, shartnoma asosida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi.
 
Mazkur “Do‘stlar klublari”i Uyushmaning hududiy bo‘limlari uchun ham joriy etitilishi qarorda ko‘zda tutilgan.

Поделиться