O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining hayotiy manfaatlarini ta’minlashda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda

2018-04-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida uyushma bugungi davr talablariga to‘la javob bera olmayotgani ta’kidlangan. 

Jumladan qarorda “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, uning Nizomi va tarkibiy tuzilmasi bugungi shiddatli davr talablariga to‘la javob bermayapti. Bozor iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq hozirgi murakkab sharoitda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining hayotiy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan mashaqqatli ijodiy mehnatini munosib qadrlash, adabiyot va san’at sohasini har tomonlama rivojlantirish, badiiy ijod ahlining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, iste’dodli yosh ijodkorlarni tizimli asosda tarbiyalash va boshqa o‘ta muhim yo‘nalishlarda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda” deya qayt etilgan. 
 
Mazkur qaror O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida yangi bosqich boshlanishiga huquqiy asos yaratishi, shubhasiz.

Поделиться