O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘quvchilar uchun yangi innovatsion olimpiada

2018-04-05 | Ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fanlar bo‘yicha bilim va malakalarini almashishlariga hamda fanlardan olgan bilimlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida joriy yildan boshlab innovatsion olimpiada tashkil etilmoqda.

Innovatsion olimpiadani tashkil etish jarayonida vazirlik shu kungacha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadalaridan olingan tajribaga, qolaversa, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari va ekspertlar taklif-mulohazalariga tayanildi.

Yana bir muhim jihati, vazirlik innovatsion olimpiadani adolatli, oshkora va shaffof tashkil etish, haqqoniy baholashni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga keng imkon yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, test sinovlari onlayn tarzida Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida o‘tkaziladi.

Innovatsion olimpiadaning barcha bosqichlarida tashkiliy qo‘mita, hay’at a’zolarining farzandlari, o‘quvchilari yoki yaqin qarindoshlari ishtirok etayotgan bo‘lsa, ushbu shaxslar tegishli qaror asosida tashkiliy qo‘mita yoki hakamlar hay’ati a’zolari tarkibidan chiqariladi.

Qolaversa, tanlovning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida g‘oliblarning yoki boshqa qatnashchilarning ishlarini jamoa rahbarlariga, ishtirokchilarga va ularning ota-onalariga ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, innovatsion olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kelgusida nufuzli xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida mamlakatimiz nomidan ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Innovatsion olimpiadani tashkil etish davomida mutaxassislar, pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikning fikri o‘rganib boriladi. Konstruktiv taklif va mulohazalar asosida olimpiadani o‘tkazish tartibiga o‘zgatirish kiritish mumkin.

Hozirda innovatsion olimpiadaning hududiy bosqichlari yakunlandi. Shu yilning 13-15-aprel kunlari respublika bosqichi 7 ta hududda bo‘lib o‘tadi.

Innovatsion olimpiada o‘tkazilish jarayonlari, natijalari to‘g‘risida axborotlar, test savollaridan namunalar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.

Поделиться