O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2018-04-05 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 27 martdagi №241-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 04 aprelida soat 14:30da Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining kichik majlislar zalida Respublika ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.