O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2017-yilda kommunal qarzdorlikni undirish bo‘yicha 318507 ta sud buyrug‘i chiqarilgan

2018-04-05 | Jamiyat

Fuqarolik va iqtisodiy sudlar tomonidan sud buyrug‘i tartibida ko‘rilayotgan ishlarning aksariyat qismini kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirish haqidagi ishlar tashkil etadi.

Jumladan, 2017 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan kommunal tashkilotlarni iste’molchilarga nisbatan kommunal qarzlarni undirish bo‘yicha jami 13467 ta da’vo arizasi ko‘rib chiqilgan. Shundan 11335 tasi qanoatlantirilgan, 592 tasi rad etilgan, 1121 tasi ish yurituvidan tugatilgan, 419 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. O‘tgan yilda kommunal qarzdorlikni undirish bo‘yicha jami 318507 ta sud buyrug‘i chiqarilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari bilan hamkorlikda majburiy ijro byurosi va kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlar xodimlari ishtirokida va ularni ijrosi bilan bog‘liq mavjud muammolar hamda ularning yechimiga bag‘ishlangan videokonfrensaloqa rejimida o‘tgan uchrashuvda bu haqda so‘z yuritildi. 
 
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va iqtisodiy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va ularning hududiy boshqarmalari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari tinglovchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
 
Tadbirning asosiy maqsadi, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirishga oid ishlarni sudlarda ko‘rish va ularni ijrosi bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, ushbu sohada yagona sud amaliyotini shakllantirishga qaratildi. 
 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi tomonidan tizimli ravishda sud ish yurituvi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolar o‘rganib kelinadi.
 
Uchrashuvda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirishga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotidagi mavjud muammoli masalalar xususida fikr almashinib, ularni yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
 
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, ushbu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlar ishlab chiqildi.
 

Arslon Eshmurodov

Поделиться