O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bog‘chaga farzandni joylashtirish xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi

2018-04-05 | Jamiyat

Joriy yilning 28 mart kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-244-sonli“Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiklash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko‘ra 2018 yil 1 apreldan boshlab, Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari olish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Yo‘llanmani olish tartibi etib, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yo‘llanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda murojaat qiladilar yoki elektron tarzda davlat xizmatlari olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatga olinishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq, bolalarning quyidagi kontingenti anketalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:

  • nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari;
  • uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;
  • harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
  • talabalar va pedagoglarning bolalari; yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
  • boshqa muassasalarda o‘tkazilgan bolalar; akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.

Yo‘llanmalar muassasalarda o‘rinlar bo‘shagan kuni navbatga muvofik rasmiylashtiriladi. Bunda imtiyozli ro‘yxatga kiritilganlar bo‘yicha yo‘llanmalar umumiy ro‘yxatga kiritilganlarga nisbatan birinchi navbatda rasmiylashtiriladi.

Bolalarni muassasaga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalar kelib tushgan yoki taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Qarorda qayd etilganidek, bolalarni muassasaga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul amalga oshirilishi begilangan.

Поделиться