O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sudga murojaat qilishga kimlar haqli?

2018-04-04 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, muayyan nizoga oid ariza yoki da’vo arizasi bilan sudga quyidagi 3 xil toifadagi shaxslar murojaat qilishga haqlidirlar: 

o‘zining huquqi yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilishni so‘rab murojaat qilayotgan shaxslar; 

prokurorlar; 

qonunga muvofiq boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlar. 

Sudlarga da’vo arizasi, ariza, iltimosnoma va shikoyat quyidagi tartibda berilishi mumkin: 

sudlarga bevosita tashrif buyurgan holda sudning devonxonasi yoki sud rahbariyatining, sudyalarning shaxsiy qabuli orqali; 

pochta aloqa bo‘limlari orqali; 

uydan, ishxonadan yoki Internet tarmog‘idan foydalangan holda elektron ravishda Oliy sudning rasmiy veb-sayti yoki axborot tizimining veb-sayti orqali murojaat qilishlari mumkin. 

Поделиться