O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Islom madaniyati rivojidagi beqiyos o‘rni

2018-04-04 | Jamiyat

Endi uni dunyoga tanitish uchun huquqiy asos yanada mustahkamlandi 

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan va 2018-yil 4-aprelda matbuotda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti Ustavini (Boku, 2015-yil 26-noyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonuni shu maqsadga xizmat qiladi. 

Avvalo, Islom tashkiloti va uning qaysi yo‘nalishda faoliyat yuritishiga to‘xtalib o‘tsak. 

Islom tashkiloti (AYSESKO) Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning ixtisoslashtirilgan muassasasi hisoblanadi. Tashkilotning qarorgohi Marokash qirolligining Rabot shahrida joylashgan. Tehron (Eron Islom Respublikasi) va Sharja (BAA) shaharlarida mintaqaviy ofislari mavjud. 

AYSESKOning ish tillari arab, ingliz, va fransuz tillaridir. 

AYSESKO Ustavi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2017 yil 26 avgustda imzolangan. Mazkur Ustav muqaddima va 22 moddadan iborat. Ustavning 4-moddasiga muvofiq, AYSESKOning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 

a’zo davlatlar o‘rtasida ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash; 

shuningdek, mazkur sohalarni insonparvar islom qadriyatlari nuqtai nazaridan rivojlantirish va yaxshilash. Turli vositalar yordamida, jumladan, ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya orqali a’zo davlatlarda hamda ulardan tashqarida xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlikni jamlantirish hamda butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikka erishishga o‘z hissasini qo‘shish; 

Islom dini va madaniyatining to‘g‘ri shaklini targ‘ib qilish. Madaniyatlar, xalqlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga ko‘maklashish. Islom madaniyati nuqtai nazariga muvofiq, inson huquqlari va erkinliklari prinsiplari bilan bir qatorda, adolat va tinchlik qadriyatlarini ommalashtirish yo‘nalishida ish olib borish; 

a’zo davlatlarda madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda madaniy hamkorlikni rag‘batlantirish va madaniy rang-baranglikning turli jihatlarini qo‘llab-quvvatlash; 

Islom hamkorlik tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohasidagi ixtisoslashtirilgan muassasalari hamda AYSESKOga a’zo davlatlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash. Ularning uyg‘unligi va bir-birini to‘ldirib turishiga erishish. Hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan shu kabi muassasalar bilan hamkorlik va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish; 

a’zo davlatlarning ta’lim tizimlari o‘rtasida o‘zaro aloqalar o‘rnatish. Ularning bir-birini to‘ldirib turishini ta’minlash va boshqalar. 

Ustavda, shuningdek, AYSESKO organlarining maqomi, a’zolik va kuzatuvchi maqomini olish tartibi, mansabdor shaxslarning vakolatlari, Tashkilot faoliyatining moliyaviy jihatlari belgilangan. 

Ustavning 6-moddasiga muvofiq, IHTga a’zo bo‘lgan har bir davlat Ustavni rasmiy imzolangandan keyin hamda yuridik va huquqiy rasmiy tartib-taomillar bajarilgach hamda AYSESKO Bosh direksiyasi yozma shaklda xabardor qilingach, AYSESKO a’zosiga aylanadi. 

O‘zbekiston tomonidan Ustavning ratifikatsiya qilingani ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlikning yanada rivojlanishiga keng yo‘l ochishi shubhasiz. Mazkur hujjat madaniy-gumanitar sohada O‘zbekiston erishgan yutuqlarni keng targ‘ib qilishda yana bir huquqiy zamin bo‘ldi. 

Shuningdek, mamlakatimizning Islom madaniyati rivojidagi beqiyos o‘rnini yoritish, qadimiy tariximiz va madaniy merosimiz bilan tanishtirish, AYSESKO doirasida O‘zbekiston aloqalarini kengaytirish imkonini beradi. 

Ustavning ratifikatsiya qilingani Toshkent islom universiteti qoshidagi AYSESKO maxsus kafedrasining to‘liq faoliyatini ta’minlashga yo‘l ochdi. Bu, o‘z navbatida, uning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Mazkur kafedra IHT ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o‘tkazilgan 43-sessiyasida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu tashabbus mazkur kengashning navbatdagi sessiyasida qo‘llab-quvvatlangan. 

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться