O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bugun ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlar
2018-04-04 | Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 3 aprelda Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida ma’qullangan yana uchta qonunga imzo chekdi.
Bugun matbuotda e’lon qilingan qonunlar bilan:
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti Ustavi (Boku, 2015 yil 26 noyabr),
«Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga to‘qqizinchi qo‘shimcha bayonnoma (Istanbul, 2016 yil 6 oktabr),
Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konvensiyasi (Ostona, 2017 yil 9 iyun) ratifikatsiya qilindi.