O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maqsad bolalarga quvonch ulashish

2018-04-04 | Sport

Poytaxtimizdaa jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun sport bayrami tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘risida”gi qarori va 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan musobaqa tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy paralimpiya Assotsiatsiyasi hamda mamlakatimiz madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va kollej tarbiyalanuvchilari o‘rtasida stol tennisi, shashka va mini-futbol sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.


Turnirda 80dan ortiq bolalar ishtirok etdi. Musobaqaning barcha ishtirokchilariga O‘zbekiston Milliy paralimpiya Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurgan elimiz suygan san’atkorlar o‘zlarining chiqishlari va bolalar uchun samimiy tilaklari bilan barchani hushnud qildilar.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться