O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Akademiklar bilan uchrashuv

2018-04-04 | Jamiyat

Prezidentimizning hududlarga tashriflari chog‘ida bergan topshiriqlari asosida respublikamizning turli viloyatlarida atoqli shoir va yozuvchilar nomlari bilan atalgan ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, akademik Akmal Saidov, Plexanov nomidagi Rossiya Davlat iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filiali rektori, akademik Qalandar Abdurahmonov hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri, shoir Sirojiddin Sayyid ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmonlar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi, o‘z hayotiy va ish tajribasini o‘rtoqlashdi hamda ilm-fan va ijod bilan shug‘ullanish istagidagi o‘quvchilarga o‘z tavsiyalarini berishdi.

Mehmonlar Qahramon shoir haykali poyiga gul qo‘yishdi, muassasada Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlab tashkil etilgan muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

Поделиться