O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uchtepaga safar yoxud kommunal xizmatdan qarzdorlar diqqatiga!

2018-04-03 | Jamiyat

Xabaringiz bor, 2017 yil 29 mayda davlatimiz rahbarining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni imzolangandi.

Farmonga ko'ra tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida hamda to'liq undirilishi, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-taroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Lekin ayrim fuqarolarimiz elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorligi va uni o'z vaqtida to'lab borishi bilan bog'liq achinarli holatlar ham uchrab turibdi.

Uchtepa tumani “Bog'ichinor” mahallasi Lolazor ko'chasida istiqomat qilayotgan Salimjonovlar oilasining ham bu boradagi tabiiy gazdan qarzdorligi 6200000 so'mni tashkil qiladi. Ammo ogohlantirishlarga qaramay, ana shu qarzdorlikni uzmay kelayotganligi uchun istimolchi tabiiy gaz tarmog'idan uzib qo'yildi.

Ushbu tumandagi “Katta Qani” mahallasi Sharq ko'chasi  3-xonadonda istiqomat qilayotgan iste'molchi Qudratovlar ham tabiiy gazdan qarzdorligi 6141800 so'mni tashkil qilar edi. Mutasaddi tashkilotlar bilan xonadonga borildi va ular ham o'z vaqtida tabiiy gazdan qarzdorlikni o'zmaganligi uchun tarmoqdan uzildi.

“Katta Qani” mahallasi Sharq ko'chasi  40-xonadonda istiqomat qilayotgan iste'molchi Maxkamovlar ham tabiiy gazdan qarzdorligi 6093000 so'mni tashkil qiladi. Istimolchi qarzdorlikni o'zmagani uchun tabiiy gaz tarmog'idan uzib qo'yildi.

Umuman tuman miqyosida 60100 ta tabiiy gaz istimolchilari mavjud. Bugungi holatgacha hududni qarzdorligi 12 487 000 000 sumni tashkil etishi bu achinarli holatdir...

Xurmatli iste'molchilar kommunal xizmatdan qarzdorligingiz bormi?  O'z vaqtida to'lashni unutmang!

 

Toshkent shahar hokimligi

Axborot xizmati

Поделиться