O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tarozining ikki pallasi.., yoxud bozorlarda tarozilarning bugungi holati qay ahvolda

2018-04-03 | Jamiyat

Xalqimizda  tarozining har ikki pallasi to‘g‘ri va halol ishlashi haqida juda ko‘p hikmatlar bor. Eng asosiysi bozorlar va yirik savdo majmualarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarozilarning to‘g‘ri ishlashi, o‘z vaqtida davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazib turilishi  avvalo iste’molchilarning manfaatlarni himoya qilish bilan birga savdo-sotiq madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

“O’zstandart” agentligi tomonidan olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati dehqon bozorlarida shu kungacha jami 60 dona elektron tarozilar xarid qilinishi kerak edi. Afsuski bugungi kun holatida bor-yo‘g‘i 15 dona sotib olingan.

Namangan viloyatida 129 dona tarozi sotib olinishi zarur edi. Afsuski hozirgi kunda viloyat miqyosida shundan 15 dona tarozi xarid qilindi xolos.

Jizax viloyatida esa 172 dona sotib olinishi kerak edi. Bugungi kun holatida esa atiga 20 dona tarozi sotib olinganligini qanday izohlash mumkin.

Toshkent viloyatida 116 dona tarozi o‘rniga 50 dona sotib olingan.

Achinarli tomoni shundaki, Qoraqopog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida bozorlar va iste’molchilar uchun birorta ham tarozi xarid qilinmadi.

Поделиться