O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muslim Traveler Samarqandda

2018-04-03 | Turizm

"Muslim traveler" ijodkorlari poytaxtimiz bilan tanishgach, safarning 3-kuni erta tongdan Samarqandga yoʻl olishdi. Yoʻl davomida yurtimizning ajib tabiatini koʻzdan kechirisharkan, Jizzax viloyati hududiga kiraverishda laylaklarni koʻrib, to'xtab tasvirga olishdi. Indoneziyada minglab qush turlari bo‘lsada, mavsumiy qush bo‘lgan laylaklarni ilk bor ko‘rib turishlari edi. Samarqandga yetib kelgandan soʻng ijodiy guruh Registon boʻylab sayrga chiqishdi. Kechki Registonning goʻzal manzarasi hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Shuningdek, mehmonlarda Imom Al Buxoriy majmuasi ham katta taassurot qoldirdi. Maqbarani ziyorat qilish bilan bir qatorda, hazrat Imom al Buxoriy va ziyoratgoh haqida mazkur madrasa bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov bilan mazmunli suhbat qurishdi.

“Ziyorat turizmining rivojlanishida bu singari majmualarning ahamiyati katta. Muslim traveler koʻrsatuvi oldida buyuk muhaddisning maqbaralari Samarqandda joylashgani, Imom Al Buxoriy maqbarasining zamonaviy ko‘rkam qiyofasi hamda boshqa ziyoratgohlar haqida millionlab Indonez xalqiga ma’lumot berishdek burchni ado etish yotibdi”, deydi dastur muallifi Dian Kencana Dewi.

Ijodkorlarni Xavfsiz turizm boshqarmasi mutaxassislari yurtimizda sayyohlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdi. Undan soʻng esa, madaniy hordiq chiqazish va oʻzbek milliy liboslari bilan yaqindan tanishish maqsadida “El merosi” teatrining sahnalashtirilgan liboslar namoyishiga tashrif buyurishdi. Yurtimiz hududida turli davrlarda mavjud bo‘lgan tarixiy liboslar qurshovida qolgan Muslim traveler koʻrsatuvi boshlovchisi Shaza Belladonna o‘zi uchun Temuriylar davri libosini tanladi. U “Oʻzimni goʻyoki oʻtmishdagi malikadek his qildim” deydi.

Teatrlashtirilgan dastur va liboslar namoyishi Indoneziyalik ijodkorlarga juda juda manzur boʻldi.

Поделиться