O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda qurilish vazirligi ish boshlaydi
2018-04-03 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 2-aprelida qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni asosida ushbu vazirlik tashkil etiladi.
Uning tarkibini tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi hamda Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi nomi o‘zgargan holda qayta tashkil qilinadi.
Qurilish sohasida tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash funksiyasi ushbu vazirlikka o‘tgani bois Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash markazi, Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tugatiladi.