O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat xizmatlari markazlariga “Damas” avtomashinalari topshirildi
2018-04-03 | Jamiyat
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligining tuman va shahar davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlariga viloyat hokimligi tomonidan “Damas” avtomashinalari topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov, Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev Prezidentimizning 2017-yil 12-dekabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, vakolat va majburiyatlari haqida so‘z yuritdi. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”, degan tamoyil bo‘yicha faoliyat olib borayotgan agentlik ishi tahlil etilib, vazifalar belgilandi.
G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA