O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XMT Вosh direktori bilan uchrashuv
2018-04-02 | Siyosat
2018-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Bosh direktori Vilyam Leysi Sving boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda O‘zbekiston XMTga a’zo emas. Mazkur tashkilot vazifasiga migratsiya masalalarini hal qilishda ko‘maklashish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kiradi.
TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tashkilot faoliyatida to‘la qonli a’zo sifatida qatnashish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligi XMT delegatsiyasiga ma’lum qilindi. Shu nuqtai nazarda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
XMT delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hukumati, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ichki ishlar vazirliklari hamda Bosh prokuraturada uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.
Anvar Ilyosov olgan surat