O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Umumiy texnik reglamentlar bo‘yicha seminar tashkil etildi
2018-04-02 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligining Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanayotgan umumiy texnik reglamentlarning mazmun mohiyati haqida o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarda boshqarma va markaz mas’ul hodimlari, tadbirkorlar, qabul qilinayotgan umumiy texnik reglamentlarga tegishli soha vakillari ishtirok etishdi hamda mazkur sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.
Tadbirkorlik sub’ektlari va davlat tashkilotalari tomonidan texnik reglamentlar bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv seminarlarini tashkil etish mahsulot sifatini oshirishda muhim axamiyatga ega ekanligini bildirildi. Seminar davomida “O‘zstandart” agentligi hamda uning tizim tashkilotlari amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti tomonidan mahsus o‘quv kurslari tashkil etilayotganligi to‘g‘risida axborot berildi. Bu kabi o‘quv seminarlari doimiy ravishda tashkil etilishi to‘g‘risida kelishib olindi.
Shuningdek, “Texnik jixatdan tartibga solish” sohasida olib borilayotgan ishlar natijasida davlatimiz yaqin yillar ichida JSTga (jaxon savda tashkiloti) a’zo bo‘lishi nazarda tutilganligi buning natijasida esa tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xalqaro bozorga erkin kirib borishiga zamin yaratilishi aytib o‘tildi.
Seminar so‘ngida mavzuga doir va boshqa masalalar yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.