O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining takliflari o‘rganilmoqda

2018-04-02 | Jamiyat

Prezidentimizning joriy yil 13 fevraldagi "Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5214-sonli Farmoyishiga asosan Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilgan.

Hozirda mazkur Komissiya tomonidan yetakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar – ekspertlar, tadbirkorlik tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligini tubdan yaxshilash, soliq organlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Qonun hujjatlari loyihalarini aniq hisob-kitoblar asosida sifatli tayyorlash uchun ayni kunlarda davlat soliq xizmati organlari tomonidan poytaxtimizdagi bir qator yirik savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida monitoring va tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir soliq to‘lovchining iqtisodiy salohiyatini o‘rganish, mahalliy byudjetga tushadigan soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlashdan iborat.

O‘rganishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kunlik savdo aylanmasi, haqiqatda ishlayotgan ishchilar soni, to‘lanayotgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori kabi barcha daromad va xarajatlari xatlovdan o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, asosiy e’tibor bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yuritishga to‘siq bo‘layotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganishga qaratilmoqda.

Xatlov natijasida olingan ma’lumot va hisob-kitoblar natijasidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni optimallashtirish, stavkalarini pasaytirish orqali qulay tadbirkorlik muhitini vujudga keltirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari ishlab chiqiladi.

Поделиться