O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Manas qishlog‘iga keldi

2018-03-30 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga keldi.

“Manas” qishloq fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e’tibor qaratdi.

Aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Поделиться