O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy sanoat ko‘rgazmasi davom etmoqda

2018-03-30 | Jamiyat

Turkmanistonning Ashxobod shahrida "Made in Uzbekistan" Milliy sanoat ko‘rgazmasi davom etmoqda. 

Ikki davlat rahbarining tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli forum ikki do‘st va qo‘shni mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi yaqin sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Ashxobodga O‘zbekistonning ko‘p qirrali sanoat salohiyatini namoyon etuvchi 70 dan ortiq kompaniya va korxonalardan 250 nafar boshqaruvchi va mutaxassislar delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu esa ikki davlat ishlab chiqaruvchilarining o‘zaro uzoq muddatli hamkorlik qilishga qiziqishi ortayotganidan dalolatdir.
 
Ekspozitsiya maydonida O‘zbekistonning tog‘-kon, metallurgiya, neft va gaz, mashinasozlik, elektroenergetika, to‘qimachilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari, maishiy texnika, oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korporatsiya va kompaniyalar ishtirok etmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmada milliy avtomobilsozlik, turli sug‘urta xizmatlari yutuqlari hamda xalqimizning madaniyati, amaliy san’at va hunarmandligining o‘ziga xosligi va betakrorligi bilan tanishish mumkin.
 
Mazkur ko‘rgazmada "O‘zbekneftgaz", "O‘zqurilishmateriallari", Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "O‘zkabel", "O‘zkimyosanoat" kompaniyalari tomonidan yuqori sifatli mahsulotlar va yangi texnologiyalar taqdim etilmoqda.
 
Yuzlab korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘rgazmada mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va eksport qilinadigan dori-darmon mahsulotlari, tibbiyot vositalari va texnikalarini namoyish etmoqda.

Поделиться