O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy sud tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi
2018-03-30 | Jamiyat
Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi 13-bandi, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 63-moddasiga asosan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Oliy sud sudyaligiga taklif etilgan nomzodlarni bittama-bitta tanishtirdi.
Senatorlar Abdumo‘min Abdullayev, Volida Axtamova, O‘ktam Tirkashev, Ilxomjon Rahmonqulov, Saylovboy Mambetkadirov nomzodlarini ma’qulladilar.