O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatda Ombudsman hisoboti eshitildi

2018-03-30 | Jamiyat

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev senatorlar oldida Ombudsmanning 2017-yildagi faoliyatiga oid hisobotini taqdim etdi.

Qayd etilganidek, 2017-yilda inson huquqlari sohasida xalqaro va xorijiy institutlari bilan muloqot faol rivojlandi. 

Ombudsman o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish borasida izchil faoliyat yuritdi. Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan respublikaning 144 tuman (shahar)larida tashkil etilgan sayyor qabullarda hamda Toshkent shahri, Namangan va Andijon viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha monitoring tadbirlarida ishtirok etdi. 

www.ombudsman.uz internet sayti bazasida Ombudsmanning virtual qabulxonasi va fuqarolar murojaatlari hamda yuridik maslahat berish uchun 1096 to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, ko‘rsatib o‘tilgan aloqa kanallari orqali fuqarolarning murojaatlari 2016-yilga qaraganda 1,9 marotaba oshgan va 2 429 tani tashkil etgan.

Qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash ustidan parlament nazoratini kuchaytirish borasida Toshkent va Navoiy viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida joylashgan 7 ta jazoni ijro etish muassasasida monitoring amalga oshirildi. Qamoqda saqlanayotgan 900 dan ortiq shaxs bilan kollektiv va shaxsiy uchrashuvlar tashkil etildi. 

2017-yilda qamoqda saqlanayotgan shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 2,7 marta oshib, 565 tani tashkil etdi. 

2017-yilda Vakil nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va Ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 9 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. 

Murojaatlarning mazmun-mohiyatini o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra 2917 murojaatga Ombudsman tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan yozma va og‘zaki maslahatlar berildi. 3835 murojaat mazmunan ko‘rib chiqish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi. 

Hisobot yuzasidan muhokama uchun so‘zga chiqqan senatorlar qamoqda saqlanayotgani shaxslarning murojaatlariga e’tibor qaratish, mintaqaviy vakillar faoliyatini rivojlantirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

 

N.Abduraimova, O‘zA

Поделиться