O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi yoshlarni adolat va halollikka chaqirdi

2018-03-30 | Jamiyat

Davlat bojxona qo‘mitasida bojxona xizmati organlariga endigina qabul qilingan yosh xodimlar va ularning ota-onalari uchun tashkil etilgan uchrashuvda qo‘mita raisi general-mayor M.Azimov “mamlakat taraqqiyoti va kelajagi uchun o‘zini mas’ul deb bilgan har bir yosh xodim xizmatda, eng avvalo, vatanparvarlik, adolat va halollik tamoyillariga qat’iy va og‘ishmay rioya qilishlari shart”ligini aytdi.

Shuningdek , mazkur tadbirda Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga to‘xtalib, ushbu hujjat yoshlarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, shu bilan birga, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. 

Bojxona organlarida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalash hamda xizmatni o‘tashlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Поделиться