O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tadbirkorlarni mamlakatimizda biznes faoliyatni yaxshilash maqsadidagi so‘rovnomada ishtirok etishini so‘raymiz
2018-03-28 | Iqtisodiyot
Savdo-sanoat palatasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda mamlakatimizda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini aniqlash maqsadida tadbirkorlar uchun so‘rovnoma o‘tkazishni tashkilashtirdi.
Jahon bankining “Doing Business-2018” reyting ko‘rsatkichi mamlakatimizda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini baholab, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 190 ta mamlakat orasidan 74 – o‘rinni egallaganligi ma’lum qildi. Bu ko‘rsatkich “Doing Business-2017” xisobotidagi O‘zbekiston Respublikasining o‘rniga qaraganda yaxshiroq bo‘lishiga qaramasdan, joylardagi ayrim shart-sharoitlar yaxshilanishi kerakligini bildiradi.
So‘rovnoma mamlakat hududlaridagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuz berayotgan muammo va to‘sqinlik qilayotgan jihatlarni aniqlab olish maqsadida tuzilgan. Ushbu so‘rovnoma natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasida biznes yuritish muhitini yaxshilash maqsadida hukumat, mas’ul vazirlik va idoralar, davlat organlari uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi biznes faoliyatini yuritiyotgan tadbirkorlar ushbu so‘rovnomada quyida berilgan havola orqali savollarga javob bergan holda ishtirok etishga taklif etiladi. Sizning sharhlaringiz va takliflaringiz O‘zbekiston Respublikasida biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi.
O‘zbek tilidagi so‘rovnoma: https://goo.gl/forms/vXUxxzqrllC0SWCL2
Rus tilidagi so‘rovnoma: https://goo.gl/forms/yr2DzzD1fkWOeJH22
Ingliz tilidagi so‘rovnoma: https://goo.gl/forms/PVdpTj5WABNCXqxg2
So‘rovnomani o‘tkazish 1 aprelgacha davom etadi.